35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🤝 DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIK UCHRASHUVI
янв.21
🚶‍♂️🏘 KO‘CHAMA-KO‘CHA YURISH ORQALI FUQAROLAR MUAMMOLARI O‘RGANILMOQDA
янв.21
🛡📋 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN TUZILGAN ISHCHI GURUH "MAHALLIY DAVLAT HOKIMIYATI TO‘G‘RISIDA"GI QONUNNING 19¹-MODDASI IJROSI YUZASIDAN KENGASH SESSIYASIGA KIRITILGAN MASALALARNI JOYIGA CHIQQAN HOLDA O‘RGANDI
янв.21
👥🇺🇿 YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
🇺🇿 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJROSI NAZORATDA
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📌 DOIMIY KOMISSIYA QARORI
янв.21
MUNOSABAT
янв.21
📹🏘 SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTAT TOMONIDAN JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI 🇺🇿
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI – DOIMIY E’TIBORDA
Deputat A.Kamolov va kotibiyat mutaxassisi Sh.Ergasheva "Oqostona"da:

Deputat A.Kamolov va kotibiyat mutaxassisi Sh.Ergasheva "Oqostona"da:
Sessiya qarori bilan tasdiqlangan "Open budjet" loyihasi doirasida asfaltlangan yoʻllar koʻzdan kechirildi

"Oqostona" mahalla fuqarolar yigʻinida aholi murojaatlari ijrosi va mahalla infratuzilmasini rivojlantirish masalalariga bagʻishlangan ochiq muloqot uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda O‘zMTPdan saylangan xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi 18-Oqostona saylov okrugi deputati A.Kamolov hamda xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva ishtirok etishdi. Ular aholidan ilgari kelib tushgan murojaatlarning tegishli tashkilotlar tomonidan ijro etilish holatini bevosita joyiga chiqqan holda oʻrgandilar.

Sessiya qarori bilan tasdiqlangan loyiha amalda

Oʻrganishlar davomida asosiy eʼtibor mahalladagi yoʻllarning holatiga qaratildi. Quvonarlisi, "Oqostona" MFY aholisining faolligi tufayli gʻolib boʻlgan "Open budjet" (Tashabbusli budjet) loyihasi xalq deputatlari Uzun tuman Kengashining tegishli sessiyasi qarori bilan tasdiqlangan va hayotga tatbiq etilgan edi.

Bugungi kunda ushbu sessiya qarori ijrosini taʼminlash doirasida mahallaning ichki yoʻllarini asfalt qilish ishlari muvaffaqiyatli yakuniga yetkazildi.

Deputat A.Kamolov va mutaxassis Sh.Ergasheva bajarilgan ishlarning sifati hamda xalqning ushbu oʻzgarishlardan qay darajada mamnunligini oʻrgandilar. Yillar davomida loy va chang boʻlgan koʻchalarning ravon koʻrinishga kelgani mahalla ahliga juda katta qulaylik yaratdi.