35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
#yettilik faoliyati #o'rganish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi ishchi guruhining navbatdagi o‘rganish manzili "Oltin" mahallasi bo‘ldi. Bu galgi e’tibor markazida mahalla drayveri hisoblangan "Mahalla yettiligi" faoliyati turdi.

Ishchi guruh a'zolari:
Deputatlar: Muhiddin Abdullayev, Matluba Ashurova, Sayfiddin Subanov, Zuhra Pulatova Kotibiyat bosh mutaxassisi M.Nematullayeva

Ishchi guruh tomonidan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, ijtimoiy xodim va xotin-qizlarining bugungi kunda o'z yo'nalishi bo'yicha amalga oshirayotgan ishlari hamda fuqarolar bilan muloqot qilish holati ko‘zdan kechirildi.

O'rganishning asosiy jihatlari:
Hujjatlar tahlili: Har bir yo‘nalish bo‘yicha alohida savolnomalar asosida ish yuritish holati o‘rganildi.
Raqamli nazorat: Qog‘ozdagi hisobotlar amaldagi elektron tizimlar bilan birma-bir solishtirib chiqildi.
Fuqarolar bilan ishlash: Aholi muammolarini hal etishda xodimlarning mas'uliyati va samaradorligi tahlil qilindi.

O‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklar (murojaatlarni qayd qilish daftari to'liq yuritilmaganligi, "Mahalla yettiligi" xodimlarining ishga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq va farmoyishlar nusxalari mahallaning o‘zida mavjud emasligi aniqlandi yuzasidan mahalla mas’ullariga aniq tushuntirishlar berildi.

Natija: Aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish yuzasidan qat’iy muddatlar belgilanib, yakuniy ma’lumotlarni shahar Kengashining tegishli komissiyasiga taqdim etish topshirig‘i berildi.

Slide 1 of 4