35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
Mahalla faoliyati va aholi bilan ishlash tizimi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati R.Talipdjanov tomonidan 18-"Navro‘z" saylov okrugi hududidagi "Navro‘z" mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mutaxassisi X.Abdullayev, O‘zbekiston Respublikasi O‘zLiDeP partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi vakili hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qo‘qon shahar Kengashi raisi A.Akbarov ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdilar.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy muammolarni hal etish hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, "mahalla yettiligi" hamkorligida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash, yoshlar va xotin-qizlar masalalarini hal etish hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni o‘z vaqtida va samarali hal etish, mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3