35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
Sessiya masalalarini puxta tayyorlash yuzasidan o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi P.Rahmonov tomonidan navbatdagi tuman Kengashi sessiyasi kun tartibiga kiritilishi rejalashtirilgan masala yuzasidan Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limida deputat ishtirokidagi o‘rganish ishlari tashkil etildi.

📋 O‘rganish davomida ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, belgilangan vazifalarning ijro holati, taqdim etilgan hisobot va ma'lumotlarning ishonchliligi hamda sessiyada ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan tegishli hujjatlar atroflicha tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi P.Rahmonov deputat bilan birgalikda o‘rganishda ishtirok etib, sessiyaga kiritilayotgan masalalarni har tomonlama puxta tayyorlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan mas'ul xodimlar bilan fikr almashdi.

📝 O‘rganish yakunida sessiya kun tartibiga kiritilayotgan masala bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar ishlab chiqilib, uni sifatli va asoslangan holda Kengash sessiyasiga kiritish yuzasidan zarur choralar belgilandi.