Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
"Guliston" mahallasidagi Qirg‘oqbo‘yi ko‘chasida elektr simyog‘och va yo‘l muammosi deputatlik nazoratiga olindi!
Deputatlar mahalladagi Qirg‘oqbo‘yi ko‘chasida bo‘lib, aholi xavfsizligi va turmush sharoitiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan quyidagi kamchiliklarni aniqladi:

🟢Eskirgan elektr simyog‘och: Ko‘chada yangi temir-beton elektr tayanchlari (ustunlari) o‘rnatilgan bo‘lsa-da, ichki yo‘l yoqasida eskirgan eski simyog‘och olib tashlanmasdan qolib ketgan. Yangi elektr tarmog‘i ushbu eski simyog‘ochga ulab ketilgan bo‘lib, avtomobillar harakatlanishiga halaqit bermoqda.

🟢Ta’mirtalab ichki yo‘l: Ko‘chaning ma’lum bir qismi ta’mirtalab ahvolda bo‘lib, avtotransport vositalari hamda piyodalarning erkin harakatlanishi uchun noqulayliklar tug‘dirmoqda.

💬Aniqlangan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish, eski simyog‘ochni xavfsiz demontaj qilib, tarmoqni to‘liq yangi tizimga o‘tkazish hamda ichki yo‘lning ta’mirtalab qismini tartibga keltirish maqsadida shahardagi tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi belgilab olindi.

💬"Yangi elektr ustunlari o‘rnatilgach, eski xavfli simyog‘ochlarni qoldirib ketish va ularga yangi tarmoqni ulab ketish mutlaqo qabul qilib bo‘lmas holatdir. Aholimiz, ayniqsa, yosh bolalarimizning xavfsizligi biz uchun birinchi darajali masaladir. Ushbu muammolar to‘liq bartaraf etilmaguncha qat’iy nazoratimiz ostida bo‘ladi," — deya ta'kidlashdi xalq vakillari.

🫥Aholi xavfsizligi va hududlar infratuzilmasini yaxshilash yo‘lidagi amaliy o‘rganishlar davom etadi!
Slide 1 of 3