Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Arzonlashtirilgan goʻsht mahsulotlarining savdosi va saqlanish holati oʻrganildi

Arzonlashtirilgan goʻsht mahsulotlarining savdosi va saqlanish holati oʻrganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Gulshan Zokirovna Xasanova, Navoiy shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Muborak Astanova hamda ishchi guruh aʼzolari tomonidan Navoiy shahridagi Markaziy dehqon bozorida arzonlashtirilgan goʻsht mahsulotlarining savdosi, sifati va yozning issiq kunlarida ularning saqlanish holati yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish jarayonida goʻsht mahsulotlarining veterinariya-sanitariya talablariga muvofiq saqlanishi, sovutish uskunalarining belgilangan tartibda ishlatilishi, mahsulotlarning sifati va isteʼmolga yaroqliligi, shuningdek, savdo jarayonida sanitariya-gigiyena meʼyorlariga rioya etilishi oʻrganildi.

Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan holatlar yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Mazkur monitoring tadbiri aholini sifatli va xavfsiz goʻsht mahsulotlari bilan taʼminlash, isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish hamda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4