Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati A.Irgashov

#24_ta_masala

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati A.Irgashov fuqarolar bilan muloqot o‘tkazdi

👨‍💼Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi deputati A.Irgashov tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aholini qiynab kelayotgan muammolar, ularning taklif va tashabbuslari hamda kundalik hayotda duch kelayotgan masalalari tinglandi.

✅Fuqarolar tomonidan bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, kommunal xizmatlar sifati, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda boshqa yo‘nalishlarga oid murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat yuzasidan batafsil fikr almashilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish bo‘yicha tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilab olindi.

✅Aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning dard-u tashvishlarini o‘rganish hamda murojaatlariga yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bois, bildirilgan barcha murojaatlar deputat nazoratiga olinib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli ishlar olib borilishi ma’lum qilindi.

🇺🇿🏛🇺🇿 Kattaqo‘rg‘on tuman Kengashi
Telegram | Facebook | Instgram | YouTube