Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati A.Mahkamov o‘z saylov okrugida fuqarolar bilan ochiq muloqotlar olib borib, ularning murojaatlarini bevosita joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda.

Navbatdagi uchrashuv davomida deputat Xo‘ja Egiz ko‘chasidagi 17-xonadon egasi M.Dalimovning ko‘chani asfaltlashtirish masalasidagi murojaatini o‘rganish maqsadida fuqaro xonadonida suhbatlashdi. Suhbat davomida murojaatchi tomonidan mavjud muammo va uning yechimi yuzasidan takliflar batafsil bayon etildi.

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, fuqaroning murojaati deputatning ko‘cha aylanish daftariga belgilangan tartibda qayd etildi. Shuningdek, mazkur masalani mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda atroflicha muhokama qilish, uni kelgusidagi hududiy infratuzilmani rivojlantirish dasturlariga kiritish yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda aholi bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4