"Yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning bilim va salohiyatini rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish – kelajagimizga qaratilgan eng muhim investitsiyadir. Sessiyada tasdiqlangan “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida 52 ta mahalla, 54 ta maktab, texnikumlar, “Kelajak markazi” hamda madaniyat va sport muassasalarida yoshlarni sport, kitobxonlik, sun’iy intellekt, axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, tadbirkorlik va kasb-hunarga keng jalb etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi. Eng muhimi, ushbu dastur orqali uyushmagan yoshlarni qamrab olish, ularni turli salbiy illatlardan asrash va o‘z iste’dodini ro‘yobga chiqarishi uchun keng imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan. Biz deputatlar sifatida “Dolzarb 90 kun” dasturining har bir mahallada sifatli amalga oshirilishi, belgilangan tadbirlarning samaradorligi hamda yoshlar manfaatiga xizmat qilishi ustidan doimiy deputatlik nazoratini olib boramiz. Chunki yoshlar uchun yaratilayotgan har bir imkoniyat – Yangi O‘zbekistonning ertangi taraqqiyotiga qo‘yilgan mustahkam poydevordir."
deya deputat Yo‘ldoshova Oyimjon Kurvonnozarovna o‘z munosabatini bildirdi.