Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Shovot tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi deputatlar nazoratida!
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🌿 🌿 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
⚡️ DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
📌 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: PIYODALAR XAVFSIZLIGI USTUVOR VAZIFA
янв.21
Yoshlar kelajagi — barchamizning ustuvor vazifamiz
янв.21
📊 KENGASH QARORI BILAN AJRATILGAN BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O'RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: Muammo joyida hal etildi!
янв.21
🌉 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Kengash_faoliyati

🏛 #24_ta_masala
#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati

Mahallalarda o‘rganish ishlari izchil davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-son Farmoni ijrosini ta’minlash hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida belgilangan "24 ta eng muhim yo‘nalish" doirasida joylarda tizimli o‘rganish ishlari davom ettirilmoqda.

Navbatdagi o‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 8-Birdamlik saylov okrugidan saylangan deputat B.Rajabovga biriktirilgan tuman Kengashi kotibiyati xodimi E.Eshonqulov "Birdamlik" mahallasida bo‘lib, mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyatini joyida tahlil qildi.

Tashrif davomida mahalla raisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada olib borilayotgan ishlar, "mahalla yettiligi" a’zolarining o‘zaro hamkorligi, aholining murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqboldagi ustuvor vazifalar yuzasidan fikr almashildi.

Mahalla faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bilan muloqotni kuchaytirish va murojaatlarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Bunday o‘rganishlar deputatlik faoliyatining ochiqligi va samaradorligini ta’minlash, mahallalarda mavjud muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 2