Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Shovot tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi deputatlar nazoratida!
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🌿 🌿 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: PIYODALAR XAVFSIZLIGI USTUVOR VAZIFA
янв.21
⚡️ DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
Yoshlar kelajagi — barchamizning ustuvor vazifamiz
янв.21
📊 KENGASH QARORI BILAN AJRATILGAN BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O'RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: Muammo joyida hal etildi!
янв.21
🌉 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📋 Sherobod tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida, xolis va qonuniy ko‘rib chiqishni ta’minlash, ularning huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida navbatdagi monitoring tadbiri tashkil etildi.

👤 Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi kotibiyati mudiri O. Tursunov tomonidan Sherobod tuman “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–445-son Qonuni ijrosi yuzasidan savolnoma asosida o‘rganish ishlari olib borildi.

📝 O‘rganish davomida:

🔹 Qonunning asosiy tushunchalari va talablari;

🔹 jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlarini qabul qilish tartibi;

🔹 murojaatlarni ko‘rib chiqish, nazoratga olish va belgilangan muddatlarda hal etish amaliyoti savolnoma asosida tahlil qilindi.

✅ O‘rganish yakunida murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish hamda fuqarolarning murojaatlarini sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🤝 Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, ochiqlik va qonuniylik tamoyillariga rioya etish davlat organlari faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 4