Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati G.Payg‘amova tomonidan fuqarolar murojaatlarini o‘rganish hamda ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputat tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida "To‘g‘onboshi" mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar tomonidan fuqarolik pasportini rasmiylashtirish bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Xususan, Bog‘i maydon ko‘chasi 27-uyda yashovchi fuqaro D.A’zamovaning o‘g‘li T.A’zamov hamda Chimkent ko‘chasi 21-uyda yashovchi fuqaro M.Mo‘minovaning turmush o‘rtog‘i R.Inomovning fuqarolik pasportini rasmiylashtirish masalalari yuzasidan amaliy yordam so‘raldi.

Mazkur murojaatlar asosida vakolatli tashkilotga deputatlik so‘rovi yuborilib, fuqarolik pasportlarini belgilangan tartibda rasmiylashtirish, mavjud muammolarni o‘rganish hamda fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish so‘raldi.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar jamoatchilikka muntazam yetkazib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2