Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Xalq deputatlari Farg‘ona viloyat Kengashi kotibiyati tomonidan mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyatini muvofiqlashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida viloyat, tuman va shahar Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida Zoom platformasi orqali videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mazkur yig‘ilishda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Ermatov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi N.Akbarova ishtirok etdilar.

Yig‘ilish davomida mahalliy Kengash kotibiyatlarining o‘tgan haftadagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqildi. Amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, ayrim yo‘nalishlarda uchrayotgan kamchiliklar va ularni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi oldidan o‘tkaziladigan o‘rganishlarni sifatli tashkil etish, kun tartibiga kiritilayotgan masalalarni joyiga chiqqan holda puxta o‘rganish, aniqlangan muammo va kamchiliklar bo‘yicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yig‘ilishda deputatlar, doimiy komissiyalar hamda “Mahalla yettiligi” vakillari bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududlardagi dolzarb muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.

Yig‘ilish yakunida mahalliy Kengash kotibiyatlari faoliyati samaradorligini yanada oshirish, sessiyaoldi o‘rganishlari sifatini yaxshilash hamda berilgan topshiriqlar ijrosini o‘z vaqtida va sifatli ta’minlash yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘rilishi belgilandi.

Slide 1 of 4