Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
“Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan deputat Sh.Nazarova saylangan "Vaqf Chorsu" mahalla fuqarolar yig‘inida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida shahar hokimining maslahatchisi D.Alimova tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatilib, mahalla fuqarolar yig‘inida davlat tiliga oid qonunchilik talablarining amaliy ijrosi yuzasidan holat tahlil qilindi.

Xususan, mahalla fuqarolar yig‘inida ish yuritish hujjatlari, xizmat yozishmalari, tashkiliy hujjatlar hamda fuqarolar bilan ishlash jarayonlarida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidan foydalanish holati, tashqi va ichki axborot vositalarining davlat tili me’yorlariga muvofiqligi o‘rganildi.

Shuningdek, Qonun talablariga rioya etilishi, davlat tilining nufuzini yanada oshirish, rasmiy hujjatlarni yuritishda yagona uslubni ta’minlash hamda aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4