Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Deputatlar biriktirilgan qonunlar ijrosini joylarda o‘rganmoqda

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi Norqobilov Shuhrat Ravshanovich hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Shoymardanov Sherzod Ashirqul o‘g‘li tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Amu-Surxon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi Muzrabot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi faoliyati ko‘zdan kechirildi. Tashrif davomida muassasaning mas’ul xodimi tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va himoya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, muassasada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari, elektron tizimlardan foydalanish amaliyoti hamda ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash choralari muhokama qilindi.

O‘rganish davomida qonun talablariga rioya etish holati tahlil qilinib, sohadagi mavjud tajriba va amaliy ishlar bilan tanishildi.

Slide 1 of 2