Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Deputatlik nazorati

Muzrabot tumanidagi 8-son maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Surxondaryo viloyatini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 13-dekabrdagi PQ-438-sonli qarori asosida Muzrabot tumanida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining borishi va sifatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 8-Tallashqon saylov okrugidan saylangan deputat Kenjayeva Mazluma va tumani Kengashi kotibiyati mudiri Dilmurod Sherboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanovlar tomonidan Oriyat mahallasida joylashgan 8-son maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur loyiha doirasida bog‘chaga 100 o‘rinli qo‘shimcha bino qurilmoqda. Qurilish ishlari “TALASHQON INVEST” MCHJ tomonidan amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunda binoning ikkinchi qavatini qurish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, binoning tashqi qismida suvoq, ichki qismida esa montaj ishlari bajarilmoqda

Qurilish ishlarining borishi hamda sifat ko‘rsatkichlari tumani Kengashi deputatlari va mas’ul mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, ishlarni belgilangan talablar asosida davom ettirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4