Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Shovot tumanida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi deputatlar nazoratida!
янв.21
📌 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA XOTIN-QIZLAR FAOLLARI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🌿 🌿 DEPUTATLIK NAZORATI DOIRASIDA OBODONLASHTIRISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: PIYODALAR XAVFSIZLIGI USTUVOR VAZIFA
янв.21
⚡️ DEPUTAT VA TASHKILOT HAMKORLIGI
янв.21
Yoshlar kelajagi — barchamizning ustuvor vazifamiz
янв.21
📊 KENGASH QARORI BILAN AJRATILGAN BUDJET MABLAG‘LARINING MAQSADLI SARFLANISHI O'RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTAT SOʻROVI NAZORATDA: Muammo joyida hal etildi!
янв.21
🌉 Fuqaro murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva tomonidan Fazogir mahallasi hududida xonadonbay o‘rganish va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.

 Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva tomonidan Fazogir mahallasi hududida xonadonbay o‘rganish va aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazildi. Uchrashuvlar davomida fuqarolarning turmush sharoiti, ijtimoiy ahvoli, bandlik masalalari, tomorqa yer maydonlaridan foydalanish holati hamda mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi. Shuningdek, aholi bilan ochiq muloqot qilinib, ularning murojaat, taklif va fikrlari tinglandi. Fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan ijtimoiy, kommunal, infratuzilma, yo‘l, va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berildi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich hal etish choralari belgilandi. Uchrashuvlar jarayonida aholiga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, davlat dasturlari, mavjud imtiyoz va imkoniyatlar, shuningdek, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirishga qaratilgan dasturlar yuzasidan keng tushuntirish ishlari olib borildi. Tashrif yakunida kelib tushgan murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijobiy yechimini ta’minlash hamda aholi muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy chora-tadbirlar ko‘rish belgilandi. Bunday xonadonbay uchrashuvlar fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ularning muammolarini joyida o‘rganish va tezkor hal etishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 4