35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Qonun ijrosi – deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishi
янв.21
📍 Har bir murojaat – e'tibor va yechim markazida
янв.21
📍 Deputat o‘z saylov okrugi hududida ko‘chama ko‘cha yurib aholi uchun yaratilayotgan sharoitlar bilan tanishdi.
янв.21
📍 "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi loyihalar ijrosi o'rganildi
янв.21
📍 Deputat qabuli: aholi murojaatlari e'tiborda
янв.21
🟢 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI ⚡️
янв.21
🌿 EKOLOGIYA VA SUV RESURSLARI – DEPUTAT E'TIBORIDA
янв.21
Deputat va ekologik hamkorlik
янв.21
Deputat faoliyatida agrar sohani huquqiy qo‘llab-quvvatlash – barqaror rivojlanish omili
янв.21
Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik
Haftalik vazifalar va sessiya qarorlari ijrosi muhokama qilindi

 Xalq deputatlari Shahrisabz tumani Kengashi kotibiyati
mudiri L.Mamadiyorov, bosh mutaxassislar A.Sa’dullayev va S.Primov hamda tuman
Kengashi doimiy komissiyalari raislari ishtirokida navbatdagi ishchi yig‘ilish
bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilish davomida xalq deputatlari tuman Kengashi
sessiyalarida qabul qilingan qarorlarning ijro holati atroflicha tahlil
qilinib, ularning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash yuzasidan
amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, ijrosi sust bo‘lgan masalalar
yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi. 

Shu bilan birga, Kengash
kotibiyati hamda doimiy komissiyalarning joriy haftadagi ustuvor vazifalari
muhokama qilinib, nazorat tadbirlarini samarali tashkil etish, deputatlik
nazoratini kuchaytirish hamda hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish bo‘yicha
aniq vazifalar belgilab olindi.  

Slide 1 of 2