Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi
Albatta, aholining turmushi farovon, dasturxoni to‘kin, barakali bo‘lishida bozorlardagi narx-navo va yaratilgan shart-sharoitlar muhim o‘rin egallaydi.
Bugun xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi, Milliy tiklanish partiyasi a'zosi O'tkirbek Rashidov shahardagi "Dehqon bozori"da o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganishlar davomida bozorlardagi veterinariya xizmati ish faoliyati, sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar, bozor hududi va atroflarida sanitariya va gigiyenik qoidalarga nechog‘lik amal qilinayotganligi hamda savdo rastalari holatlari ko‘zdan kechirildi.