Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
#deputat_faoliyati

️Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 12-Mustaqillik saylov okrugidan saylangan deputat J.Xudoyev tashabbusi bilan hamda “mahalla yettiligi” hamkorligida “Mustaqillik” mahallasi hududida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari tashkil etildi.
️Tadbir davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar, jamoat joylari va atrof-muhitni ozoda saqlashga qaratilgan ishlar amalga oshirildi. Xususan, ariq-zovurlar tozalandi, yo‘l yoqalari tartibga keltirildi, begona o‘tlar o‘rib tashlandi, chiqindilar yig‘ishtirilib, hudud sanitariya holati yaxshilandi.
️Obodonlashtirish ishlarida mahalla faollari, yoshlar, nuroniylar hamda tegishli mas’ul tashkilotlar vakillari faol ishtirok etib, mahallaning yanada fayzli va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga munosib hissa qo‘shdilar.
️Tadbir davomida aholi bilan muloqot qilinib, hududni obod va ozoda saqlash, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish masalalari yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari ham olib borildi.
️Bunday amaliy tashabbuslar mahallalarda sog‘lom va qulay yashash muhitini shakllantirish, aholining fuqarolik mas’uliyatini oshirish hamda yurt obodligiga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Slide 1 of 2