Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Nayman mahallasida deputatlik nazorati doirasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi

Nayman mahallasida deputatlik nazorati doirasida ichki yo‘llar holati o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputatlarining 24 talik tavsiyalari ijrosi doirasida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga "Adolat" SDPdan saylangan "20-Xirmontepa" okrugi deputati Malikova Saodat Tolipovna tomonidan o‘z saylov okrugidagi Nayman mahallasida deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.

💼 O‘rganishda Nayman mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Kenjebayeva Altinoy, hokim yordamchisi hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Zarnigor Kuziyeva ishtirok etdi.

🤔 Nazorat tadbiri davomida mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, aholi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mavjud muammolar joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Xususan, Nayman mahallasi hududidagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati ko‘zdan kechirildi.

📝 O‘rganish natijasida Nayman MFY hududidagi 5-, 25- va 3A-ko‘p qavatli uylar oldidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish zarurligi aniqlandi. Mazkur masala yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga taklif va tavsiyalar berilib, muammoni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish lozimligi ta’kidlandi.

📈 Deputatlik nazorati tadbirlari aholini qiynab kelayotgan dolzarb muammolarni aniqlash, ularning yechimini ta’minlash hamda hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5