Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
💧 DEPUTATLIK SO‘ROVI
янв.21
🏘 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI FAOLIYATIDAN
янв.21
Madaniyat mahallasida huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining navbatdagi sessiyasiga tayyorgarlik ishlari davom etmoqda
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi MTDP deputati, 15-Taraqqiyot saylov okrugi deputati To‘lqin Sa’dullayevich Yaqubov tomonidan Taraqqiyot mahallasida fuqarolar bilan sayyor qabul va joyiga chiqib o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
🤝 Hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
🎉 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI!
янв.21
🚰 DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
🌟 "QUNDUZ" MAHALLASI – 2026-YIL I YARIM YILLIK HISOBOTI
янв.21
🌞 DOLZARB 90 KUN
"Adolat" mahallasida barpo etilayotgan "Yashil bog‘" yuzasidan Kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🌳 "Adolat" mahallasida barpo etilayotgan "Yashil bog‘" yuzasidan Kengash qarori ijrosi joyida o‘rganildi

🏛 Fuqarolar murojaati asosida Yunusobod tumani "Adolat" mahallasi 80/14- va 80/1-uylar oldidagi yashil hududni "Yashil bog‘" sifatida tashkil etish masalasi belgilangan tartibda o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 27-sentyabrdagi 529-son qarori talablari hamda mutasaddi tashkilotlarning ilmiy xulosalari va tavsiyalari asosida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining tegishli qarori qabul qilindi.

📝 Mazkur qarorga muvofiq, "Adolat" mahallasi hududidagi 2 500 kvadrat metr yer maydonida "Yashil bog‘" barpo etilishi belgilangan bo‘lib, yashil hududni saqlash, muntazam parvarishlash hamda ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar yuklatilgan.

📝 Qaror ijrosini ta’minlash va amalga oshirilayotgan ishlarning holatini joyida o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi hamda tumani Kengashi deputatlari ishtirokida hududga chiqildi. O‘rganish davomida "Yashil bog‘"ni tashkil etish ishlari, mavjud daraxtlarning saqlanish holati, ularni sug‘orish, oziqlantirish va parvarishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar ko‘zdan kechirildi.

🤝 Shuningdek, deputatlar mahalla faollari va mas’ul tashkilotlar vakillari bilan muloqot o‘tkazib, Kengash qarorida belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi, yashil hududning kelgusida samarali saqlanishi hamda fuqarolar uchun qulay ekologik maskan sifatida rivojlantirilishi yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berdi.

✅ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi tomonidan qabul qilingan mazkur qaror ijrosi deputatlik nazorati ostida bo‘lib, "Yashil bog‘"ni barpo etish va uni asrab-avaylash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar izchil monitoring qilib boriladi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 9