Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi

“Janubiy” MFY raisining faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Poleshuk Natalya Valeryevna tomonidan Navoiy shahridagi “Janubiy” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi tomonidan hududda aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish, mahalla obodligini ta’minlash hamda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari holati tahlil qilindi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF–209-son Farmoni hamda ushbu farmon ijrosini ta’minlashga qaratilgan mahalla tizimini yanada takomillashtirish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish va aholi muammolarini manzilli hal etishga doir hujjatlar asosida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi hamda mahalla raisi faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligi ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1