Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi
 Navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi

🗒 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi kotibiyati va Olmazor tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sevara Xashimova hamkorligida navbatdagi sayyor qabul “Chinobod” mahallasida o‘tkazildi. Qabulda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Xoliqjonova va mahalla xotin-qizlar faoli N.Zokirjonovalar ishtirok etdi.

Qabul davomida xotin-qizlar ish bilan ta’minlash, moddiy qo‘llab-quvvatlash, tibbiy xizmatlardan foydalanish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan o‘z murojaatlarini bildirdilar.

Qabul davomida mahalladagi xotin-qizlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning bandlik, kasb-hunar egallash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, imtiyozli kreditlardan foydalanish hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga oid murojaat va takliflari atroflicha tinglandi.

Shuningdek, doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda o‘zini o‘zi band qilish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha amaliy choralar muhokama qilindi.

📌 Har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularni hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Qabul yakunida Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida “mahalla yettiligi” vakillari bilan xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda bandligini ta’minlash bo‘yicha kelgusidagi ustuvor vazifalar belgilab olindi. 
Slide 1 of 5