Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova, Kengash kotibiyati mudiri A.Ashurov hamda bosh mutaxassis R.Mamashukurovlar shahardagi “Alpomish” mahallasida bo‘ldilar.
💬Mazkur nazorat-tahlil jarayoni O‘zbekiston Respublikasining 2014-yil 14-maydagi O‘RQ-371-sonli “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari doirasida tashkil etilib, profilaktika inspektorining bugungi kundagi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Xususan:
🟢Jinoyatchilikning oldini olish: Mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish borasida profilaktika inspektori tomonidan olib borilayotgan tizimli choralar va ularning samaradorligi;
🟢Jamoat tartibi: Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va mahallada osoyishta muhitni yaratishdagi faoliyat ko‘lami;
🟢Aholi bilan ishlash: Aholi, ayniqsa, yoshlar, tarbiyasi og‘ir o‘smirlar va profilaktik hisobda turuvchi shaxslar bilan olib borilayotgan tushuntirish-targ‘ibot ishlari, yakka tartibdagi suhbatlar hamda "xonadonbay" tizimining yo‘lga qo‘yilganligi.
💬"Profilaktika inspektori — mahalladagi tinchlik va osoyishtalikning asosiy posbonidir. Uning faoliyati fuqarolarga xavfsizlik kafolatini berishi va qonun ustuvorligini ta’minlashi lozim. Bu borada har qanday sustkashlik yoki befarqlikka yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi," — deya ta'kidladi Kengash raisi D.Normuradova.
🫥O‘rganish yakunida profilaktika inspektori faoliyatini yanada takomillashtirish, mahalla hududida jinoyatchilikdan xoli muhitni yaratish va jamoat xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.