Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌞 BOLALARNING MAZMUNLI DAM OLISHI – YOSHLAR KELAJAGIGA E’TIBOR IFODASI
янв.21
♿️ KO‘ZI OJIZ FUQAROLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
📍 ISTIQLOL MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH VA KASB-HUNARGA O‘QITISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📹 XAVFSIZ MAHALLA – TINCH VA OSOYISHTA HAYOT SARI! 🇺🇿
янв.21
📹 DEPUTAT SO‘ROVI: MEVAZOR MAHALLASIDA VIDEOKUZATUV TIZIMINI KUCHAYTIRISH TASHABBUSI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI – FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
📍 AHOLI MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
🏛 Navbatdagi sessiya oldidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Ko‘hna Cho‘pon ota mahallasida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Iftixor Ziyoyevning ishonchli vakili Sarvarxon Ibrohimxonov Uchtepa tumanidagi "Ko‘hna Cho‘pon ota" mahallasida mahalla yettiligi, faollar hamda fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazdi.

🤝 Uchrashuvni tashkil etish va fuqarolar bilan muloqotni samarali yo‘lga qo‘yishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jahongir G‘ulomqodirov amaliy va tashkiliy ko‘mak ko‘rsatib, deputat faoliyatini joylarda samarali tashkil etishga hissa qo‘shdi.

📝 Ochiq muloqot davomida mahallada amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, xususan "Obod mahalla" dasturi doirasida olib borilayotgan yo‘llarni ta’mirlash, bino fasadlarini yangilash, hudud infratuzilmasini yaxshilash ishlari muhokama qilindi. Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan kuz-qish mavsumida 24, 25 va 26-ko‘p qavatli uylarda issiqlik ta’minotida yuzaga kelayotgan muammolar, issiqlik quvurlarining noto‘g‘ri joylashtirilgani sababli bosim pasayishi va isitish tizimi samaradorligining kamayishi masalasi ko‘tarildi.

🔎 Shuningdek, mahalla binosining kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammolar tufayli elektr va gaz ta’minotida uzilishlar kuzatilayotgani, "Bog‘iston" mahallasida esa 2024-yilda boshlangan "Obod mahalla" dasturi doirasidagi ishlarni yakunlash, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan infratuzilmaviy muammolar ham atroflicha muhokama etildi.

🔺 Muloqot davomida ichki ko‘cha yo‘llari, kommunal xizmatlar, issiqlik, elektr va gaz ta’minoti, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash hamda fuqarolar uchun qulay yashash sharoitlarini yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bildirilgan murojaatlar deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari asosida tizimli ravishda o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish bo‘yicha kelishib olindi.

✅ Yakunda xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Iftixor Ziyoyev nomidan barcha murojaatlar deputatlik nazoratiga olinishi, masalalarni joyiga chiqib o‘rganish va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechimlarga erishish bo‘yicha izchil ishlar davom ettirilishi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10