Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
Qonun ijrosi o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 12-“Samarqand” saylov okrugi deputati “Adolat” SDP a’zosi G.Abdullayeva va kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan shahar ko‘p tarmoqli poliklinikasida O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-noyabrdagi “Aholiga psixologik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi O‘RQ-989-sonli qonun ijrosi o‘rganildi. Ushbu qonunning maqsadi aholiga psixologik yordam ko‘rsatish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat bo‘lib, shifokor-psixiatr A.Egamqulov tomonidan tibbiy ko‘rik ishlari olib boriladi hamda hisobi yuritiladi. Mazkur muassasada barcha ko‘rsatilayotgan psixologik yordamlar aholiga bepul ko‘rsatiladi va kerakli dori-darmonlar bepul retseptlar asosida yetarli miqdorda markaziy
dorixonadan ajratiladi. O‘rganish davomida mazkur qonunning 15-moddasini “Psixologik yordam ko‘rsatilishini so‘rab murojaat qilgan shaxsning huquq va majburiyatlari”ni ko‘zga ko‘rinarli joyga osib qo‘yish tavsiya etildi. Shuningdek, bugungi kunda shifokor-psixiatrlarga qo‘shimcha ehtiyoj mavjudligi, ushbu sohaga yosh, bilimli kadrlarni tayyorlash lozimligi ta’kidlandi.
  

Slide 1 of 2