Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 27-SESSIYASI CHAQIRILADI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🚫 Inson qadri – oliy qadriyat!
янв.21
Istiqbol mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash masalasi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
🏗 Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Yoshlar muammolarini hal etish borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
✅ DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
🏛 Deputatlik nazorati amalda!
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI OLDIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan seminar tashkil etildi

🇺🇿 Oliy Majlis Senati tashabbusi bilan seminar tashkil etildi

✅Bugun, 2026-yil 30-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Devoni Hududiy vakillik organlari faoliyatini oʻrganish markazi tomonidan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari tomonidan aholi murojaatlarini koʻrib chiqish hamda sessiyalarda davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining murojaatlar bilan ishlash boʻyicha hisobot (axborot)larini eshitilishini samarali tashkil qilish” mavzusida respublika seminari oʻtkazildi.

🌀Seminar videokonferensaloqa (ZOOM) orqali tashkil etilib, unda xalq deputatlari tuman Kengashlari raislari, doimiy komissiyalar raislari, kotibiyat mudirlari hamda xodimlari ishtirok etdi.

✍️Mazkur seminar davomida aholi murojaatlarini qonunchilik talablariga muvofiq samarali ko‘rib chiqish, murojaatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, mahalliy Kengashlar sessiyalarida davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining hisobotlarini eshitish amaliyotini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tavsiyalar va amaliy ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5