Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📍 Aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
🏥 Deputat tomonidan tibbiyot muassasasi faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Ollamov G‘ayrat Ollamovich o‘z saylov okrugidagi 2-son oilaviy poliklinika faoliyati bilan yaqindan tanishib, aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmat sifati va sharoitlarini o‘rgandi.
янв.21
📚 SHOVOT TUMANI TA'LIM TIZIMIDA 2026-YILNING 6 OYLIK NATIJALARI
янв.21
🏥 Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
🎗 Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
янв.21
🩺 Sil kasalligiga qarshi kurashish borasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
🩺🧂 Yod yetishmasligi kasalliklari profilaktikasi bo‘yicha o‘rganish olib borildi
янв.21
💼📈 TADBIRKORLIKNI QO‘LLAB-QUVVATLASH – AHOLI FAROVONLIGINI OSHIRISHNING MUHIM OMILI
янв.21
📚 TA’LIM SIFATI – KELAJAK POYDEVORI
янв.21
"Shovot tumani Kengashining navbatdagi 27-sessiyasida “Qunduz” mahalla fuqarolar yig‘inida “Mahalla yettiligi” tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot bo‘yicha munosabatim:
Munosabat

 Deputatlik faoliyati, eng avvalo, xalq bilan doimiy muloqot qilish, ularning dardu tashvishlari va takliflarini eshitish hamda muammolariga amaliy yechim topishni talab etadi. Zero, saylovchilar ishonchi bilan bildirilgan har bir ovoz deputat zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. 

Joriy yilning o‘tgan davri davomida 5-«Oybek» saylov okrugi hududi aholisi bilan muntazam uchrashuvlar o‘tkazib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot berish barobarida fuqarolarning murojaatlari, taklif va fikrlarini tinglashga alohida e’tibor qaratildi. Bunday ochiq muloqotlar aholini qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 

Uchrashuvlarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, ayniqsa, Qoraqalpog‘iston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilash, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda ijtimoiy himoya tizimini yanada mustahkamlashga qaratilgan Farmon
va qarorlarning mazmun-mohiyati haqida saylovchilarga atroflicha ma’lumot berildi. Shuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalarida qabul qilinayotgan qarorlarning aholi manfaatlarini ta’minlashdagi o‘rni va ahamiyati yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi. 

Joriy yil uchun qabul qilingan «Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili» Davlat dasturi doirasida belgilangan vazifalar ham uchrashuvlarning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi. Xususan, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini takomillashtirish, ekologik barqarorlikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi. 

Joriy yil boshidan buyon saylovchilardan jami to‘qqizta murojaat kelib tushdi. Ularning barchasi har tomonlama o‘rganilib, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqildi. Natijada murojaatlarning aksariyati ijobiy hal etildi, qolganlari bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda. 

Ayniqsa, «Oybek» mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan fuqarolar uchun bepul tibbiy ko‘riklar tashkil qilinib, zarur dori-darmonlar ajratildi. Shuningdek, mahalla ko‘chalarini tungi
yoritish tizimini yaxshilash, piyodalar yo‘lakchasini barpo etish hamda eski elektr simyog‘ochlarini yangisiga almashtirish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi. Bu ishlar aholining kundalik hayoti uchun muhim bo‘lgan qator
muammolarning ijobiy hal etilishiga xizmat qildi. 

Quvonarlisi, saylov okrugimiz hududida avtomobil yo‘llarini asfaltlash va aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi dolzarb masalalar ham bosqichma-bosqich o‘z yechimini topmoqda. Bu esa aholining turmush sifati va farovonligini yanada yuksaltirishga xizmat qilayotgani bilan ahamiyatlidir. 

Shu bilan birga, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyalari, doimiy komissiyalar hamda deputatlik guruhi yig‘ilishlarida faol ishtirok etib, partiya elektorati manfaatlarini himoya qilish, aholini o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalarni ko‘tarish va ularning yechimi yuzasidan taklif hamda tashabbuslar bildirib borilmoqda. 

Saylovchilarning ishonchi men uchun yuksak mas’uliyatdir. Shu bois kelgusida ham aholi bilan ochiq va samarali muloqotni davom ettirish, har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondashish, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shish deputatlik faoliyatimning ustuvor vazifasi bo‘lib
qoladi. 


Dilfuza URAZBAYEVA,
5- “Oybek” saylov okrugidan Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati