Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
Qulay va to‘siqlarsiz muhit yaratish yo‘lidagi amaliy o‘rganishlar

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova, tuman Kengashi deputati N. Dusmurodov hamda hokim maslahatchisi O. Norimova tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-641-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida “Mashhur Gaz SERVIS” MCHJ faoliyati ko‘zdan kechirilib, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obyektning qulay va to‘siqlarsiz muhit talablariga muvofiqligi tahlil qilindi.

Shuningdek, kirish-chiqish yo‘laklari, sanitariya-gigiyena xonalari hamda fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayonidagi imkoniyatlar o‘rganildi.

Monitoring yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, xizmatlar sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatma berildi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay va inklyuziv muhit yaratish borasidagi ishlar doimiy e’tiborda qoladi.

Slide 1 of 3