Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
📢 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING 27-SESSIYASI CHAQIRILADI
янв.21
🚫 Inson qadri – oliy qadriyat!
янв.21
Istiqbol mahallasidagi ko‘p qavatli uylarning tom qismini ta’mirlash masalasi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
🏗 Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🏛 Yoshlar muammolarini hal etish borasidagi ishlar o‘rganildi.
янв.21
🏛 Deputatlik nazorati amalda!
янв.21
✅ DEPUTATLIK SO‘ROVI IJOBIY YECHIM TOPDI
янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI OLDIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
YUNUSOBOD MAHALLASIDA KUTUBXONA TASHKIL ETILMOQDA

Mazkur tashabbus deputatlik faoliyatining asosiy 24 ta savolnomasi doirasida mahallada aholi, ayniqsa yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Kutubxona tashkil etilishi orqali mahalla aholisi va yoshlar uchun kitob o‘qish, bilimini oshirish, o‘z ustida ishlash hamda ma’naviy hordiq chiqarish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Mazkur ishlar “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonun, “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonun hamda “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan vazifalar ijrosiga hamohang tarzda amalga oshirilmoqda.

✅ Yunusobod mahallasida yoshlarni kitobxonlikka keng jalb etish, aholining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish va foydali tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar davom etmoqda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 6