Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | "ISTIQBOL" MAHALLASIDA MAHALLA AGENTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | ISTIQBOL MAHALLASIDA IQTISODIY NATIJALAR TAHLIL QILINDI
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amaliy nazoratda
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi nazoratga olindi
янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
Ijtimoiy xodim faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Mehribon Tillaeva "Adolat" mahallasida bo‘lib, "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining mahalladagi xodimi Nigora Ro‘zimovaning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish jarayonida ijtimoiy xodim tomonidan ehtiyojmand oilalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma'lumot berildi. Shuningdek, kambag‘allikni qisqartirish va aholi farovonligini oshirish maqsadida hokim yordamchisi bilan hamkorlikda olib borilayotgan tizimli ishlar haqida axborot taqdim etildi.
Ta'kidlanganidek, bugungi kunda mahallada kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish hamda ularning hayot sifatini yaxshilashga qaratilgan samarali va tizimli ishlar izchil davom ettirilmoqda.                    

Slide 1 of 1