Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | "ISTIQBOL" MAHALLASIDA MAHALLA AGENTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | ISTIQBOL MAHALLASIDA IQTISODIY NATIJALAR TAHLIL QILINDI
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amaliy nazoratda
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi nazoratga olindi
янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
#162_ta_qonun 📌 “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati Kuvondikov Laziz Melikuzievichga O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi Qonuni biriktirildi.

Mazkur qonunga muvofiq deputat tomonidan shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va himoya qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlarining ijrosi yuzasidan nazorat ishlari olib boriladi.

🔹 Qonun va unga oid normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi o‘rganiladi;
🔹 Davlat organlari va tashkilotlarida shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish talablari tahlil qilinadi;
🔹 Qonunchilik talablari asosida savolnomalar ishlab chiqiladi;
🔹 Doimiy komissiya bilan hamkorlikda o‘rganish va monitoring ishlari tashkil etiladi;
🔹 Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan taklif hamda tavsiyalar ishlab chiqiladi.

🎯 Asosiy maqsad — fuqarolarning shaxsiy hayoti daxlsizligini ta’minlash, shaxsga doir ma’lumotlardan qonuniy foydalanish hamda ularning ishonchli himoyasini ta’minlashdan iborat.

✅ Kengash deputatlari tomonidan qonunlar ijrosi ustidan parlament nazoratini kuchaytirish va qonunchilik talablarining amalda ta’minlanishiga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1