Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI OLDIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
📍 Komiljon Otaniyazov mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
🟦 MAHALLALARDA YOSHLAR SIYOSATI VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH TIZIMI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI NAZORATDA
янв.21
📢 Muammo deputatlik nazoratida!
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NAZORATDA
янв.21
🩺 AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!
#doimiy_komissiya 📌 Ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash uchun mablag‘ ajratish masalasi doimiy komissiyada ko‘rib chiqildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida tumandagi ko‘p kvartirali uylarni ta’mirlash bilan bog‘liq masala muhokama qilindi.

Muhokama davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “Ko‘p kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-48-son qarori ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar va hisob-kitoblar ko‘rib chiqildi.

Xususan, ko‘p kvartirali uylarning kirish yo‘laklarini ta’mirlash, elektr taqsimlovchi shitlarni yangilash, energiya tejamkor yoritish vositalari hamda kodli qulflar o‘rnatish bilan bog‘liq tadbirlarni moliyalashtirish uchun mahalliy byudjetning qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘ ajratish masalasi muhokama qilindi.

Masala yuzasidan taqdim etilgan hujjatlar, iqtisodiy hisob-kitoblar va amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablari atroflicha o‘rganilib, mazkur tadbirlarni moliyalashtirish bo‘yicha taklifni Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi muhokamasiga kiritish maqsadga muvofiq deb topildi.

📍 Doimiy komissiya tomonidan hududlarda infratuzilmani yaxshilash, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish hamda mahalliy byudjet mablag‘larining qonuniy va maqsadli sarflanishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1