Loyiha doirasida:
🔹 4 ta 400 kVA va 2 ta 250 kVA quvvatga ega transformator xarid qilish hamda mavjud transformatorlar yoniga qo‘shimcha o‘rnatish;
🔹 75 ta 11,5 metrli beton ustun sotib olish va eskirgan yog‘och ustunlar o‘rniga o‘rnatish;
🔹 barcha mavjud ustunlarga 4×50 markali SIP kabel tortish ishlari belgilangan.
Masala yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan muhokamalar o‘tkazilib, loyihani belgilangan muddatlarda boshlash hamda ishlarning sifatli bajarilishini ta’minlash bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.
Deputatlik nazorati doirasida mazkur loyihaning amalga oshirilishi muntazam kuzatib boriladi.