Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
TOXOVUZ MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI

 TOXOVUZ MAHALLASIDA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH ISHLARI TAHLIL QILINDI

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati D.Sodiqova, kotibiyat bosh
mutaxassisi A.Fozilov hamda Kengash xuzuridagi yoshlar maslaxat guruxi a’zosi
J.Abdurashidovlar Toshxovuz mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi
tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash
hamda yangi ish o‘rinlarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar
holatini manzilli o‘rgandi.


Xususan, deputat tadbirkor S.Sulaymonov tomonidan tashkil etilgan qurilish
materiallari, Shlakoblok ishlab chiqarishga ixtisoslashgan sex faoliyati bilan
yaqindan tanishdi va u yerda ishchilarga yaratilgan sharoitlar, faoliyatni
yanada kengaytirish, yangi ish oʻrinlari yaratish yuzasidan amaliy tavsiyalar
berildi.


Oʻrganishlar yakunida mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini
taʼminlash va daromad manbalarini kengaytirish borasidagi ishlarni yanada
jadallashtirish boʻyicha hokim yordamchisiga tegishli tavsiyalar berdi.


O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar deputat tomonidan “Deputatning
ko‘cha aylanish daftari”ga kiritilib, bartaraf etilishi nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 5