Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 Kengash raisi J. Babajanov saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi
янв.21
🏛 “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
🏛 “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi deputat nazoratida
янв.21
📍 Deputatlik nazorati: “Mevazor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
🏛 SESSIYA OLDIDAN O‘RGANISH ISHLARI AMALGA OSHIRILDI
янв.21
O‘zbekiston Respublikasining “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–263)
янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
“Xalqparvar” komissiyasi o‘rganishlari
🏛 “Xalqparvar” komissiyasi o‘rganishlari: Maqsad — sifat va shaffoflik!

✅Bandixon tumanida aholi uchun zamonaviy va shinam uy-joylar barpo etilishi diqqat markazida.

✅Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi huzuridagi “Xalqparvar” komissiyasi a'zosi, deputat X.Abdimo'minov ishtirokida tuman markazidagi “Bandixon” mahallasida qad rostlayotgan ko'p qavatli turar joy binosining qurilish jarayoni ko‘zdan kechirdi.

✅ Loyiha haqida qisqacha:
✅ Quruvchi tashkilot: “Shukrona-Marvarid-Donolari” X/K
✅ Bino parametrlari: 5 qavatli, 50 ta xonadondan iborat zamonaviy turar joy majmuasi.
✅ Topshirilish muddati: Joriy yilning III choragi yakunida to‘liq foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.

✅ Asosiy e'tibor — xalqaro standartlarga! O‘rganish davomida loyiha doirasida olib borilayotgan ishlarning sifati va ularning xalqaro talablarga mosligi atroflicha tahlil qilindi.

✅Qurilish jarayonida muammoli masalalar deputat tomonidan tinglanib, ularning har biri deputatlik nazoratiga olinishi uchun deputat o'zining murojaatlar daftariga qayd etdi.

"Qurilish ishlarining sifatli bajarilishi va belgilangan muddatda yakunlanishi aholimiz farovonligi uchun o‘ta muhim. Bu jarayon komissiyamiz tomonidan doimiy nazoratga olingan," — deya ta’kidladi komissiya a'zosi, deputat X.Abdimo'minov.
”Bugun amalga oshirilayotgan har bir bunyodkorlik va yangilanish ishlari — inson manfaatlari, xalqimizning farovon va osoyishta hayoti uchun xizmat qiladi. Hududlarda infratuzilmani yaxshilash orqali kelajak avlodlar uchun mustahkam poydevor yaratilmoqda.
✅Shaffoflik va sifat — xalqimiz manfaati uchun bosh mezon!
Slide 1 of 3