Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌞 BOLALARNING MAZMUNLI DAM OLISHI – YOSHLAR KELAJAGIGA E’TIBOR IFODASI
янв.21
♿️ KO‘ZI OJIZ FUQAROLAR UCHUN YARATILAYOTGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI
янв.21
📍 ISTIQLOL MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH VA KASB-HUNARGA O‘QITISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
📹 XAVFSIZ MAHALLA – TINCH VA OSOYISHTA HAYOT SARI! 🇺🇿
янв.21
📹 DEPUTAT SO‘ROVI: MEVAZOR MAHALLASIDA VIDEOKUZATUV TIZIMINI KUCHAYTIRISH TASHABBUSI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI – FUQAROLAR MUROJAATI E’TIBOR MARKAZIDA
янв.21
📍 AHOLI MUROJAATLARI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
янв.21
🏛 Navbatdagi sessiya oldidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
Imtiyozli kredit asosida oilaviy tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanmoqda.

 Imtiyozli kredit asosida oilaviy tadbirkorlik qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 5-Talabalar saylov okrugi deputati Dilfuza Anziratova hamda hokim yordamchisi Jabborov Doniyorbek tomonidan kredit olib faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarning ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganishlar davomida imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Kattaqo‘rg‘on shahar “Mehrjon” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Asadova Shaxloga tikuvchilik yo‘nalishida milliy liboslar tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida 10 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratildi.

Mazkur loyiha orqali milliy liboslar tayyorlash faoliyatini kengaytirish, oilaviy daromadni oshirish hamda mahallada tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholini tadbirkorlikka jalb etish, imtiyozli kreditlardan samarali foydalanishni ta’minlash hamda fuqarolar bandligini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 6