Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | "ISTIQBOL" MAHALLASIDA MAHALLA AGENTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | ISTIQBOL MAHALLASIDA IQTISODIY NATIJALAR TAHLIL QILINDI
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amaliy nazoratda
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi nazoratga olindi
янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
Qonunlar ijrosi deputat nazoratida

 Qonunlar ijrosi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Kattaqo‘rg‘on shahar Kengashining 9-Maxtumquli saylov okrugi deputati N.Salohiy tomonidan Ingichka qo‘rg‘onchasida joylashgan 3-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-330-son qarori hamda sohaga oid boshqa qonunchilik hujjatlari ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, poliklinikada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish hamda mavjud muammolarga o‘z vaqtida yechim topish masalalari deputat nazoratida ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 4