Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashi deputati Avazbek Appaqov tomonidan 26-“Chorguzar” saylov okrugida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qaratilgan davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, yoshlarni sportga jalb qilish borasidagi tashabbuslar hamda viloyat hokimining tegishli topshiriqlari amalda o‘z ifodasini topib, hududda aniq va samarali ishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Deputat tashabbusi bilan o‘quvchi-yoshlar hamda faol jamoatchilik ishtirokida stol tennisi, futbol, shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvlari tashkil etildi. Ushbu sport tadbirlari yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning jismoniy faolligini oshirish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qilmoqda.

Mazkur tashabbuslar orqali nafaqat sportni ommalashtirish, balki yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ularni birlashtirish va ijobiy muhit yaratish borasida muhim natijalarga erishilmoqda.

Slide 1 of 3