Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🌿 Obod hudud – farovon hayot va sog‘lom ekologiya garovi
янв.21
📍 DEPUTAT SAYLOVCHILAR MUROJAATLARINI O‘RGANDI: MUAMMOLAR JOYIGA CHIQIB KO‘RILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | "ISTIQBOL" MAHALLASIDA MAHALLA AGENTI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
📍 DEPUTATLIK NAZORATI | ISTIQBOL MAHALLASIDA IQTISODIY NATIJALAR TAHLIL QILINDI
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholi murojaatlari amaliy nazoratda
янв.21
🏛 Deputat so‘rovi: aholini suyultirilgan gaz bilan o‘z vaqtida ta’minlash masalasi nazoratga olindi
янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
76-UMUMTA’LIM MAKTABINING YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati T.Rahimov tomonidan tumandagi O‘rtaboz mahallasida joylashgan 76-umumta’lim maktabida yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari hamda ta’lim muassasasida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

➡️O‘rganish davomida maktab binosining joriy holati, sinf xonalari, fan kabinetlari, kutubxona, sport zali, oshxona va yordamchi xonalarning yangi o‘quv yiliga tayyorlik darajasi atroflicha ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ta’lim muassasasida olib borilayotgan joriy ta’mirlash ishlari, sanitariya-gigiyena holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va issiqlik ta’minoti masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➡️Deputat tomonidan ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun xavfsiz va qulay shart-sharoitlar yaratish, sinf xonalarini zarur o‘quv jihozlari bilan ta’minlash, hududni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan maktab rahbariyatiga tegishli tavsiyalar berildi.

➡️Shuningdek, ta’mirlash ishlari sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi, yangi o‘quv yiliga qadar barcha kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish masalalari muhokama qilindi.

➡️Muloqot davomida maktab ma’muriyati tomonidan mavjud muammolar va ehtiyojlar yuzasidan ma’lumot berilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

➡️Deputat T.Rahimov ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga puxta tayyorlash, o‘quvchilar uchun zamonaviy va xavfsiz ta’lim muhitini yaratish hamda ta’lim sifatini yanada oshirish ustuvor vazifalardan biri ekanligini qayd etdi.

⚡️Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputatlari tomonidan ta’lim muassasalarining yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holatini o‘rganish, mavjud muammolarni joyida bartaraf etish va yosh avlodning sifatli ta’lim olishi uchun munosib shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4