Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI OLDIDAN O‘RGANISH OLIB BORILDI
янв.21
📍 Komiljon Otaniyazov mahallasida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
📌 SHOVOT TUMANIDA FUQAROLAR QABULI O‘TKAZILDI
янв.21
🟦 MAHALLALARDA YOSHLAR SIYOSATI VA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH TIZIMI — DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI NAZORATDA
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
📢 DEPUTATLIK SO‘ROVI AMALIY NAZORATDA
янв.21
📢 Muammo deputatlik nazoratida!
янв.21
🩺 AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR O‘RGANILDI
янв.21
🇺🇿 2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun!
Mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi

Mahallada huquqbuzarliklar profilaktikasi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayevlar tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan "Gulzor" mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi.

O‘rganish davomida mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikni jilovlash, fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish hamda profilaktika tadbirlarining samaradorligi tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla yettiligi, profilaktika inspektori hamda tegishli mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishilib, mavjud muammolar va ularning yechimi yuzasidan fikr almashildi.

Mahallada osoyishtalikni ta’minlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, mazkur masala Kengashning navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2