Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi

Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Muzrabot tumani komissiyasining 2026 yilgi ish rejasiga muvofiq, komissiya a’zolari T.Tangirov, L.Musayev, O.Ollomurodov hamda D.Sherboyevlar tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Muzrabot tumani filialida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida tayyorlangan savolnoma asosida tashkilotda korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, aholi murojaatlari bilan ishlash, xodimlarning huquqiy madaniyatini oshirish, shuningdek raqamlashtirish va ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligi tahlil qilindi.
Xususan, filialda korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va ularning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar, xodimlar faoliyati ustidan ichki nazorat tizimi, aholi uchun murojaat qilish imkoniyatlari hamda davlat xizmatlarining elektron shaklda ko‘rsatilishi holati o‘rganildi.

Shu bilan birga, xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot va profilaktik tadbirlarning tashkil etilishi, xizmat odobi va etika qoidalariga rioya qilinishi, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan o‘quv-seminarlar o‘tkazilishiga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish davomida deputatlar tomonidan Davlat kadastrlari palatasi Muzrabot tumani filialida xodimlariga aholiga kadastr xizmatlarini ko‘rsatilishida korrupsiyaviy omillarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalar berildi.

Mazkur yo‘nalishdagi ishlar kelgusida ham izchil davom ettirib boriladi.

Slide 1 of 8