Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Xotin-qizlar faolini faoliyati o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi 16-“Obodturmush” saylov okrugi deputati O‘zLiDeP a’zosi T.Niyazov kotibiyat bosh mutaxassisi U.Abdunazarov tomonidan Al-Xorazmiy mahallasidagi xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ko‘rib chiqildi. Ushbu mahallada ja’mi aholi soni 2217 nafarni tashkil etib, shundan 1121 nafari xotin-qizlarga to‘g‘ri keladi. O‘tkazilgan xatlov natijalariga ko‘ra 124 nafar xotin-qizlar “Ayollar daftari”ga kiritilgan bo‘lib, ularga 5 ta toifada 46 ta yo‘nalishda turli xil xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Ishchiz xotin-qizlar soni 74 nafar bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar natijasida 14 nafari o‘z o‘zini band qilgan va 8 nafar ayollar qayta kasbga o‘qitildi, bir nafar ayolga 15,0 mln.so‘m tadbirkorligini boshlash uchun imtiyozli kredit ajratildi. O‘rganish davomida kerakli maslahatlar berildi.  

Slide 1 of 4