Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
👮 Profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
🌱 Yoshlarning tadbirkorlik faoliyati joyida o‘rganildi
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi ichki yo‘l va elektr ta’minoti holati o‘rganildi
янв.21
🏢 Ko‘p kvartirali uylarning holati o‘rganildi
янв.21
🏛 Yoshlar yetakchisi faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
🛣 Bo‘ston mahallasidagi murojaat joyida o‘rganildi
янв.21
🏛 Navbatdagi sessiya oldidan o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan 2026-yil 29–30-iyun hamda 1–2–3-iyul kunlariga mo‘ljallangan haftalik ish rejasi ishlab chiqildi.
янв.21
📊 SHOVOT TUMANIDAGI SANOAT ZONALARI: RIVOJLANISH VA IMKONIYATLAR
янв.21
🏛 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi matbuot xodimlarini tabriklaydi
Ta'lim maskani faoliyati deputat e'tiborida.

Ta'lim maskani faoliyati deputat e'tiborida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining 19-Farovon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima tomonidan 26-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabi faoliyati o‘rganildi.

Tashrif davomida deputat maktab pedagoglari bilan samimiy muloqot o‘tkazib, ta'lim sifatini oshirish, yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash hamda o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, maktabda tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy va madaniy burchaklar bilan tanishilib, ularning o‘quvchilar dunyoqarashini kengaytirish, milliy qadriyatlar va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashdagi ahamiyati alohida e'tirof etildi.

O‘rganish yakunida ta'lim muassasasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan deputat tegishli tavsiya va takliflar bildirdi.

Slide 1 of 1