Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Toshkent shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

#doimiykomissiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

➡️ Mazkur komissiya kun tartibiga kiritilgan Toshkent shahar aholisining turmush sharoitini yaxshilash hamda kambag‘allikni qisqartirish shuningdek, aholi bandligini ta’minlash choralarining ijrosi to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Xudaybergenov Dauletiyar Baxtiyarovichning hisoboti deputatlar tomonidan tinglanib, atroflicha muhokama qilindi.

📝 Shuningdek mazkur komissiya yig‘ilishida Toshkent shahri hokimligi huzuridagi Toshkent shahrini rivojlantirish jamg‘armasining vaqtincha bo‘sh mablag‘larini tijorat banklari depozitlariga joylashtirish to‘g‘risidagi masala yuzasidan “Toshkent invest kompaniya” AJ boshqaruv raisi Shakirov Bahrom Askaraliyevichning hisoboti eshitildi.

📁 Kun tartibidagi navbatdagi Toshkent shahrida 2025 yilning 2-bosqichidagi drayver loyihalari uchun respublika budjetidan ajratilgan mablag‘dan iqtisod qilingan qismini 2025 yilning qolgan drayver loyihalariga ro‘yxat asosida qayta taqsimlanishini tasdiqlash to‘g‘risidagi masala yuzasidan Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Ismoilxo‘jayev G‘ani Uchqunovich komissiya a’zolariga o‘z hisobotini taqdim etdi.

💡 Deputatlar tomonidan keyingi masala Toshkent shahar mahalliy budjetining 2025-yilgi hamda 2026-yilning I chorak ijrosi bo‘yicha hisobot ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar Iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Abdumalikov Abduhakim Abduvaliyevich o‘z hisobotini yig‘ilish qatnashchilariga taqdim etdi.

🔺 Yig‘ilish davomida Toshkent shahar mahalliy budjetining 2026-yildagi qo‘shimcha manbalarini xarajatlarga yo‘naltirish to‘g‘risida masala kiritgan tashkilot mas’ullar o‘z hisobotlarini deputatlarga taqdim etdi.

✍️ Toshkent shahar Kengashi faoliyati haqida yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun bizni kuzatishda davom eting!

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 7