Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Xalq bilan ochiq muloqot: Termiz shahrida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi

Bugun Termiz shahar Xalq qabulxonasida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish maqsadida shahar hokimi, Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati Sh.Lolayev hamda shahar Kengashi raisi D.Normuradova ishtirokida navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

💬 Unda shahardagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynab kelayotgan muammolar va ularning yechimi yuzasidan fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Qabul davomida har bir murojaatchi bilan yakka tartibda suhbat o‘tkazilib, ularning uy-joy, bandlik, kommunal xizmatlar, infratuzilma, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa yo‘nalishlardagi taklif va muammolari atroflicha o‘rganildi.

💬 Qabul jarayonida har bir murojaat yuzasidan tegishli mutasaddilar ishtirokida muhokamalar olib borilib, joyida hal etish imkoniyati mavjud bo‘lgan masalalar bo‘yicha amaliy choralar belgilandi. Qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa nazoratga olinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ul tashkilot va idoralarga aniq vazifalar yuklatildi.

🫥Ochiq muloqot jarayonida fuqarolar tomonidan bildirilgan takliflar hududlarni yanada obod qilish, aholining turmush farovonligini oshirish hamda davlat xizmatlari sifatini yaxshilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Bunday qabullar aholi bilan ochiq va samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni samarali hal etishga xizmat qilayotgani qayd etildi.

Slide 1 of 6