Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🚀 DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
⚡️DEPUTAT SO‘ROVI: ELEKTR TA’MINOTIDAGI UZILISHLAR NAZORATGA OLINDI
янв.21
📍 MADANIYAT MAHALLASIDAGI ICHKI YO‘LLAR DEPUTATLAR NAZORATIDA
янв.21
📍 Murojaatlar ijrosi amalda
янв.21
📍 Shovot tumanida sayyor qabul o‘tkazildi
янв.21
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI
янв.21
🌳🌿 Istirohat bog‘idagi sharoitlar deputat nazoratida 🌿🌳
янв.21
🎥Deputat faoliyati va tumandagi islohotlar e’tibor markazida
янв.21
📌 “Mahalla — islohotlar markazida: mahalliy vakillik organlari va “mahalla yettiligi”ning hamjihat faoliyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
🗑🌿 Chiqindilarni olib chiqish ishlari o‘rganildi
Deputat “Madaniyat” mahallasida bo‘ldi.

Deputat “Madaniyat” mahallasida bo‘ldi.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 15-Qo‘shtegirmon saylov okrugi deputati Almardonov Nurqobil tomonidan “Madaniyat” mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi. Mazkur o‘rganishda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Raximqulov ham ishtirok etdi. O‘rganish jarayoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 209-son Farmoni ijrosi doirasida olib borildi. Dastlab, mahalla raisi Abdullayev Abduraxmon tomonidan mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi farovonligini oshirish va hududni rivojlantirish borasidagi faoliyat yuzasidan deputatga batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini tinglash, ularni o‘z vaqtida hal etish, oilaviy masalalar bilan ishlash hamda ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.O‘rganish davomida mahalladagi obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ham deputat e’tiborida bo‘ldi. Hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va tozalik ishlari yuzasidan fikr almashilib, mavjud masalalar bo‘yicha deputat tegishli tavsiyalar berdi. Mazkur o‘rganish mahallalarda tizimli ishlarni yanada takomillashtirish, aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirish hamda hududlarni obod va fayzli maskanga aylantirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1