Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
🏛 DEPUTAT SO‘ROVI ORQALI MUAMMO NAZORATGA OLINDI
янв.21
📌 “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265-I-sonli Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi
янв.21
📌 1-SON OILAVIY POLIKLINIKADA AHOLIGA TIBBIY XIZMAT KO‘RSATISH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Tuman Sanitariya-epidemiologiya va osoyishtalik markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI IJROSI TA’MINLANDI
янв.21
📌 SAVDO SHOHOBCHALARIDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI
янв.21
📌 16-saylov okrugidan saylangan deputat hududdagi madaniyat saroyi faoliyatini o‘rgandi
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI: AHOLINI SUYULTIRILGAN GAZ BILAN TA’MINLASH MASALASI KO‘TARILDI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
🚧 MEVAZOR MAHALLASIDAGI MUAMMOLI YO‘L O‘RGANILDI
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Shavkat Abdukamilov tashabbusli budjet loyihalari doirasida g‘olib deb topilgan loyihalarning ijrosini o‘rganish maqsadida “Azamat” mahallasi hududida joylashgan 35-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

Mazkur loyiha doirasida mini futbol, voleybol va basketbol maydonchalari, bolalar o‘yingohi (WORKOUT maydonchasi), maktab binosi oldida ota-onalar uchun o‘quvchilarni kutib olish hududi, stadion hamda o‘quv binosi atrofiga yugurish yo‘lakchasi qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, loyiha uchun mablag‘ ajratilgan.

O‘rganishlar davomida hozirda loyiha bo‘yicha nuqsonlar dalolatnomasi shakllantirilgani, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish uchun loyiha topshirig‘i tayyorlangani va belgilangan tartibda tender (tanlov) jarayonlari boshlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur loyiha ijrosi okrug deputati Shavkat Abdukamilov nazoratiga olinib, ijrosining o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan monitoring ishlari olib borilmoqda.

Slide 1 of 3