Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Tashabbusli budjet” loyihalari ijrosi o‘rganildi.
янв.21
Jinoyatchilikning oldini olish va korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari sessiya kun tartibidan o‘rin oldi
янв.21
Aholi murojaatlari – deputatlik nazoratida
янв.21
📍 Shovot tumani Kengashida "Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik" jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish masalasi ko‘rib chiqildi
янв.21
📌 Shovot tumanida bolalar saratoniga qarshi kurashish masalasi Kengash sessiyasida muhokama qilindi
янв.21
🏗 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA YETTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING XXVII SESSIYASI
янв.21
📌 DEPUTAT SO‘ROVI
янв.21
📢 DEPUTAT SO‘ROVI O‘RGANILDI
QURILISH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati Sh.Tagayeva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil
27-dekabrdagi PQ–393-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish va rekonstruksiya ishlari bilan yaqindan tanishdi.

🔷O‘rganish davomida deputat tumandagi Oltinsoy mahallasi hududida qurilayotgan Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti binosini rekonstruksiya qilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Qurilish maydonida olib borilayotgan ishlarning sifati, belgilangan muddatlarga rioya etilishi hamda kelgusida tarbiyalanuvchilar uchun yaratiladigan shart-sharoitlar yuzasidan mas’ullar bilan suhbatlashildi.

🔷Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha mavjud holat atroflicha o‘rganilib, qurilish sifatini yanada oshirish, obyektni o‘z vaqtida foydalanishga topshirish hamda belgilangan talablarga to‘liq rioya etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🔷 Mazkur obyekt foydalanishga topshirilgach, mahalladagi bolajonlarning zamonaviy va qulay sharoitlarda maktabgacha ta’lim olishi uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Slide 1 of 3